“Real Madrid” ramzi o‘zgarishi mumkin
Sport
−
14:34 491 1 daqiqa
Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi o‘zining 125 yillik yubileyi munosabati bilan klub ramzlariga oid o‘zgarishlarni taqdim etishi mumkin. Bu haqda “Touchline” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar yubiley sanasi sharafiga maxsus esdalik libosini tayyorlamoqda. Ushbu libos kelasi mavsumdagi ayrim uchrashuvlarda kiyilishi rejalashtirilgan.
Manbada aytilishicha, yubiley formasida retro uslubdagi elementlar, jumladan klub gerbining tarixiy talqini qo‘llanishi mumkin. Shu bois, bu o‘zgarish doimiy emas, balki klub tarixi va ramzlariga hurmat sifatida faqat ayrim rasmiy o‘yinlarda namoyish etilishi kutilmoqda.
Yubiley libosining rasmiy taqdimoti joriy mavsum yakunida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Biroq, klub hozircha maxsus forma dizayni yoki undan foydalanish muddatlari bo‘yicha yakuniy bayonot bergani yo‘q.
Ma’lumot uchun, “qirollik klubi” ayni damda La Liga turnir jadvalida 60 ochko jamg‘argan holda yetakchilik qilmoqda.
Live
Barchasi