“Real Madrid” “Olimpiakos”ni mag‘lub etdi

Sport

image

Kecha, 26 noyabr kuni UEFA Chempionlar Ligasi 5-tur doirasida “Olimpiakos” va “Real Madrid” o‘rtasida qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Madridliklar safarda 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, yunon jamoasining o‘z maydonidagi ketma-ket 10 ta Yevropa uchrashuvidagi mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berdi.

Uchrashuv boshida tashabbus “Real Madrid” tomonida bo‘lsa-da, hisobni kutilmaganda mezbonlar ochdi. 8-daqiqada Chikino tezkor hujum yakunida to‘pni darvozaga yo‘llab, “Olimpiakos”ni oldinga olib chiqdi. 22-daqiqada esa Vinisius Juniorning aniq uzatmasidan keyin Kilian Mbappe hisobni tenglashtirdi. Fransiyalik yulduz buning ortidan 24 va 29-daqiqalarda yana ikkita gol urib, ilk bo‘limni madridliklar foydasiga yakunlanishiga sabab bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar hujumga o‘tdi va 52-daqiqada Mehdi Taremi bosh bilan aniq zarba berib, hisobni 2:3 ko‘rinishiga keltirdi. Biroq 59-daqiqada Mbappe o‘zining to‘rtinchi golini urib, farqni yana ikki to‘p farqiga oshirdi. Shunga qaramay, “Olimpiakos” taslim bo‘lmadi va 81-daqiqada Ayub El-Kaabi hisobni qisqartirdi. Biroq bu gol mezbonlarga ochko olib kelmadi va bahs “Real Madrid”ning 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa, “Real Madrid” 5-turdan so‘ng 12 ochko jamg‘argan holda guruhda 5-pog‘onaga ko‘tarildi. “Olimpiakos” esa atigi 2 ochko bilan so‘nggi o‘rinlarda qolmoqda. Navbatdagi turda Xabi Alonso shogirdlari o‘z maydonida “Manchester Citi”ni qabul qiladi, gretsiyaliklar esa “Qayrat”ga qarshi bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Chempionlar Ligasi “Real Madrid” “Olimpiakos”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing