“Real Madrid”ning transfer rejasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid”  futbol klubi tarkibni yangilash doirasida PSJ vingeri Kilian Mbappe yoki “Borussiya Dortmund” hujumchisi Erling Xolandni sotib olishni rejalashtirmoqda. Agar, moliyaviy vaziyat ko‘ngildagidek bo‘lib tursa, ikkala futbolchiga ham ega chiqish variantini ko‘rib chiqadi. Bu haqda “As” nashri xabar berdi
 
Nashrning yozishicha, “Real Madrid” Kilian Mbappe yoki Erling Xolandni sotib olgan taqdirda, boshqa yirik transferlarni amalga oshirish niyatida emas. Sababi “Qirollik” klubi rahbariyati akademiyadan yetishib chiqayotgan yosh, iste’dodli futbolchilarga va ijara asosida boshqa klublarda to‘p tepayotgan o‘yinchilarga ham imkoniyat bermoqchi. Har holda bu “nafsi hakalak otgan” agent va klublarni boy qilishdan samaraliroq bo‘lishi mumkin.
 
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning yoz oylarida Alvaro Odriosola, Takefusa Kubo, Reyner va Borxa Mayoral kabi futbolchilarning ijara shartnomalari tugaydi va ular “Real Madrid” tarkibiga qo‘shiladi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing