“Real Madrid”ning deyarli barcha futbolchilari safga qaytdi

Sport

image

Kecha, 24 oktyabr kuni Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi Valdebebas bazasida mashg‘ulotlarga kirishdi. “El-Klasiko”da madridliklarning “Yuventus”ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmagan deyarli barcha futbolchilarni safga qaytarish imkoniga ega bo‘ladi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Himoyachi Ryudiger “El-Klasiko”ni o‘tkazib yuborishi aniq, David Alaba esa shubha ostida. Biroq qolgan barcha futbolchilar joriy yilning 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Barselona”ga qarshi uchrashuv uchun tarkibda bo‘lishlari kutilmoqda.
“Yuventus”ga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida maydonda qiyinchilik bilan harakatlangan Raul Asensioning jarohati jiddiy emas. Himoyachi faqat charchoq sezgan. Shuning uchun, u “Barselona”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin.

Shuningdek, Din Xyoysen ham oktyabr oyida olgan chap oyog‘idagi jarohatdan to‘liq forig‘ bo‘lib, mashg‘ulotlarga qaytadi. Ispaniyalik himoyachi hali to‘liq tiklamagan bo‘lsa-da, uchrashuv qaydnomasida bo‘ladi.

David Alaba esa “Xetafe”ga qarshi uchrashuvda ortiqcha yuklama sababli maydonga tusha olmagan edi. Shunga qaramay, u “El-Klasiko” uchun tarkibga kiritilish ehtimoli yuqori.

Madridliklar “Barselona”ga qarshi o‘yinga deyarli to‘liq tarkibda tayyorlanmoqda, biroq kataloniyaliklar safidan bir nechta asosiy tarkib futbolchilari bu uchrashuvni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lib ulgurgan. Bular Mark-Andre ter Stegen, Robert Levandovskiy, Joan Garsiya, Gavi, Dani Olmo.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” va “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv joriy yilning 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:15 bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” Ryudiger “Real Madrid” “El'-Klasiko”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing