“Real Madrid” ketma-ket ikkinchi bor mag‘lub bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 2 mart kuni La Liga 26-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Real Madrid” o‘z maydonida “Xetafe”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 39-daqiqada Martin Satriano tomonidan kiritildi. Shundan so‘ng madridliklar hisobni tenglashtirish uchun bir nechta qulay imkoniyatlarga ega bo‘ldi, biroq ulardan samarali foydalana olmadi.

Qo‘shimcha daqiqalarda esa “Real Madrid”ning argentinalik hujumkor yarim himoyachisi Franko Mastantuono hamda “Xetafe” hujumchisi Adrian Liso qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Shu tariqa, “Real Madrid” La Ligada ketma-ket ikki uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa navbatdagi turda “Selta”ga qarshi maydonga tushadi. Shundan so‘ng madridliklarni Chempionlar ligasida “Manchester Citi”ga qarshi bahs kutmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

La Liga “Real Madrid” “Xetafe”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing