“Real Madrid” g‘alabali o‘yinlarga qayta oladi – Anchelotti
Sport
−
03 Oktabr 2022 3052 2 daqiqa
“Real Madrid” klubining bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Karim Benzemani yaxshi penalti tepuvchi, deb hisoblaydi. Sababi Karim o‘tgan mavsumda 2 ta muhim 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirgan. Bu haqda Anchelottining so‘zlariga tayanib, “Marca” nashri xabar berdi.
Shuningdek, italiyalik murabbiy kutilmagan durrangdan so‘ng, “Real Madrid” yana ketma-ket g‘alabalar qayd etishiga ishonch bildirgan.
“Kecha, biz uchun bu eng yaxshi kun emas edi, lekin biz g‘alaba qozonishga haqli edik. Men penalti tepuvchini almashtirish haqida o‘yladim, lekin Karim Benzema o‘tgan mavsumda ikkita muhim penaltini aniq amalga oshirdi. U jamoadagi eng yaxshi penalti tepuvchi hisoblanadi.
Bizda bahona yo‘q. Tarkib juda yaxshi. Shunchaki o‘yin biz xohlagandek o‘tmadi. Penaltidan gol urganimizda g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Biroq baribir jamoa yaxshi o‘ynadi. Bunday uchrashuvlar chempionat vaqtida bo‘lib turadi. Bizning juda yaxshi seriyamiz tugadi, ammo endi biz yangi g‘alabali seriyani boshlamoqchimiz. “Real Madrid” g‘alaba qozonmasa, hech qachon xursand bo‘lmaydi. Durrang bizni xafa qildi, ammo yaqin orada vaziyatni o‘zgartiramiz”, degan “Real” bosh murabbiyi.
Qayd etish kerakki, kecha, 2 oktyabr kuni “Real Madrid” Ispaniya chempionatining 7-turi doirasida “Osasuna” bilan 1:1 hisobida durrang o‘ynadi. Madridliklar hujumchisi Karim Benzema 76-daqiqada penaltidan unumli foydalana olmadi. Umuman Karim Benzema 2022 yilda 11 metrli nuqtadan 15 marta zarba yo‘llagan va 5 tasida gol kiritishning uddasidan chiqmagan.
Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining orta qolgan 7 ta turidan so‘ng 19 ochko jamg‘argan “Barselona” peshqadamlik qilmoqda. Xuddi shuncha ochkoga ega “Real Madrid” esa 2-o‘ringa joylashgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025