“Real Madrid” futbolchisi Eldor Shomurodov jamoadoshiga aylanishi mumkin

Sport

image

Madridning “Real” klubi futbolchisi Lukas Vaskes qishki trasfer oynasi vaqtida Rimning “Roma” klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Todofichajes” nashri xabar bermoqda. 

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga “bo‘rilar” bosh murabbiyi Joze Mourino qiziqish bildirmoqda. Murabbiyning fikricha, ushbu xarid “Roma”ning yarim himoyasidagi hamma muammolarni bartaraf etishi mumkin.

Shuningdek, avvalroq Lukasga “Sevilya” va Italiyaning “Napoli” klublari ham qiziqish bildirgandi. 

Eslatib o‘tamiz, “qirollik klubi”ning Vaskes bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalida 30 yoshli futbolchi 15 million yevroga baholangan.

Ma’lumot o‘rnida, A Seriyaning joriy mavsumida “Roma” 11 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ochko jamg‘ardi va turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

271

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing