“Real Madrid” “Enfild”da alamli mag‘lubiyatga uchradi

Sport

image

Kecha, 4 noyabr oqshomida Chempionlar ligasi 4-tur doirasidagi markaziy uchrashuv “Enfild” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda “Liverpul” o‘z maydonida “Real Madrid”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni argentinalik yarim himoyachi Aleksis Mak Allister bosh bilan kiritdi.

Birinchi bo‘limda “Liverpul” jamoasi bir qator xavfli hujumlar uyishtirdi. Bo‘lim o‘rtalarida  hakam tomonidan madridliklar darvozasi tomon penali belgilandi, ammo VAR aralashuvidan so‘ng qaror bekor qilindi. Birinchi bo‘limda “Real Madrid” darvozaboni Tibo Kurtua Dominik Soboslai va Florian Virs zarbalarini qaytarib, jamoasini durrang natija bilan tanaffusga yo‘l olishga katta hissa qo‘shdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 61-daqiqada Soboslaining aniq uzatmasidan keyin argentinalik yarim himoyachi Aleksis Mak Allister tomonidan kiritildi. Kurtua bir necha bor jamoasini gollardan qutqarib qolgan bo‘lsa-da, bu safargi zarbani bartaraf etishni imkonini topa olmadi.

Mazkur natijadan keyin Arne Slot boshchiligidagi “Liverpul” 9 ochko bilan guruh jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa ochkolar soni bo‘yicha “Real Madrid” bilan tenglashgan bo‘lsa-da, to‘plar nisbati tufayli raqibidan biroz ortda bormoqda.

Ma’lumot uchun, bu jamoalar o‘tgan mavsumda ham “Enfild”da to‘qnash kelgan edi. Unda ham mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

“Liverpul'” “Real Madrid” “Enfild”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing