“Real” Karvaxalga ikki nafar o‘rinbosar topdi

Sport

image

Madridning “Real” klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Daniel Karvaxal 2024/2025 yilgi mavsum oxirida “qirollik klubi”ni tark etishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub haligacha himoyachi bilan kelasi yilning yozida tugaydigan shartnomani uzaytirgani yo‘q, shuning uchun Karvaxal bilan kelishuvga erishilmasa, ehtimoliy variantlar ko‘rib chiqiladi.

Qayd etilishicha, rahbariyat marokashlik futbolchi, PSJ a’zosi Ashraf Hakimini Madridga qaytarish borasida aloqaga ega. “Qaymoqranglilar” qisqa ro‘yxatidagi ikkinchi variant “Chelsi” himoyachisi Ris Jeyms hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Karvaxal “Real Madrid” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012/2013 yilgi mavsumda ispaniyalik futbolchi Leverkuzenning “Bayer” klubida ijara asosida o‘ynagan, hozirda Daniel “Real”ning asosiy jamoasida o‘ynamoqda. O‘tgan mavsumda u klub safida barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Karvaxal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made