“Real” futbolchisi qaysi terma jamoada to‘p tepmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Braim Dias xalqaro miqyosda Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqchi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining ajdodlari asli marokashlik bo‘lib, u 2023 yilgi Afrika Millatlar kubogida Marokash terma jamoasi safida o‘ynash uchun taklif olgan. O‘shanda Braim taklifni qabul qilishga tayyor edi, biroq “Real Madrid” vakillari uni fikrini o‘zgartirishga majbur qildi.

Dias endi Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente uni mart oyida o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yinlariga, keyin esa Yevro-2024 ga chaqirishini kutmoqda.

Kecha, 13 fevral kuni Dias Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “RB Leypsig”ga qarshi o‘yinda (1:0) asosiy tarkibda maydonga tushdi va 48-daqiqada g‘alaba golini kiritdi.

Umumiy hisobda u so‘nggi ikki mavsumda “Milan”da ijara asosida o‘ynadi. Dias joriy mavsumda barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Ispaniya Braim Dias

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made