“Real” fransiyalik 18 yoshli himoyachi transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Sport

image

Madridning “Real” klubi “Lill” himoyachisi Leni Yoroni sotib olishga yaqin turibdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Lill” Yoroning transferi uchun 40 million yevro olmoqchi, ammo futbolchi bilan kelishuvga erishgan “Real” o‘z maqsadiga erishish uchun atigi 20 million yevro va turli bonuslarni taklif qilishga tayyor.

Klublar yaqin haftalarda kelishuvga erisha olishi kutilmoqda. Shuningdek, PSJ himoyachini sotib olishga urinayotgani haqida xabarlar tarqalgandi, ammo futbolchi “qaymoqranglilar” variantini afzal ko‘rdi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Yoro barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol urdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Lill' Leni Yoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing