“Real”da so‘nggi chora: Peres Mbappe transferi uchun Benzemani ishga soldi

Sport

image

“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olish uchun uning vatandoshi Karim Benzemadan yordam so‘radi. Bu haqda “Sport.es” nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, “Qirollik klubi” rahbariyati jamoa hujumchisi Karim Benzemadan Mbappe bilan suhbatlashib, uni madridliklar safiga o‘tishga ko‘ndirishini so‘ragan. Ta’kidlash joizki, futbolchilar Fransiya terma jamoasida bir-biri bilan yaxshi munosabatda va shu omil transfer amalga oshishida katta rol o‘ynashi mumkin.

Ma’lumot uchun, Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydi. U joriy mavsumda PSJ safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq, PSJ klubi hujumchisi Lionel Messi “France Football” nashriga bergan intervyusida jamoadoshi Mbappega “Real”ga o‘tmaslikni maslahat berganini tan olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Real PSJ Mbappe Peres Benzema

Baholaganlar

301

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing