“Real” Chempionlar ligasining nimchorak finaliga chiqdi
Sport
−
26 fevral 1019 1 daqiqa
Kecha, 25 fevral kuni UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ulardan birida “Real Madrid” o‘z maydonida Portugaliyaning “Benfika” klubini 2:1 hisobida mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida Rafa Silva mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq oradan ikki daqiqa o‘tib, 16-daqiqada Orelen Chuameni hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limning 80-daqiqasida Fede Valverdening uzatmasidan so‘ng Vinisius Junior madridliklarni oldinga olib chiqdi. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa “Real Madrid” Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichiga yo‘l oldi. Bu bosqichda madridliklar “Manchester Siti” yoki “Sporting”ga qarshi maydonga tushadi. Aniq raqib ertaga, 27 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan qur’a tashlash marosimidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Shuningdek, kunning boshqa uchrashuvlarida “Atalanta”, “Galatasaroy” va PSJ jamoalari ham keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Live
Barchasi