“Real” Benzemaga o‘rinbosar topdi
Sport
−
02 mart 2023 4957 1 daqiqa
Angliyaning “Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvares faoliyatini Ispaniyaning “Real” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Goal.com” portali xabar berdi.
Madrid klubi argentinalik futbolchini yozda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Qaymoqranglilar” Alvaresni Karim Benzemaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Biroq “shaharliklar” rahbariyati hujumchi klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashiga ishonmoqda.

Xulian Alvares joriy mavsum Angliya chempionatida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 5 marta ishg‘ol qildi. “Transfermarkt” portali uning narxini 50 million yevroga baholamoqda.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr