“Real” “Bavariya” a’zosini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Sport

image

Myunxenning “Bavariya” klubi va Kanada terma jamoasi futbolchisi Alfonso Devis “Real”ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispan klubi futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljigan. Transfer 2024 yilda amalga oshishi kutilmoqda. 

Futbolchi va nemis klubi o‘rtasidagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olti oyga to‘xtatilgan. “Real Madrid” Devis orqali chap qanot himoyasidagi barcha muammolarni bartaraf etmoqchi. “Qirollik klubi” kanadalik futbolchi joriy klubi shartnomani uzaytirmasligini bilgach, tez fursatlarda u bilan muzokaralarni boshladi.

23 yoshli Alfonso Devisning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” internet portali Kanada terma jamoasi himoyachisining narxini 70 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Bavariya Al'fonso Devis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing