“Real” “Bavariya” a’zosi transferi bo‘yicha katta qadam tashladi

Sport

image

Madridning “Real” klubi “Bavariya” himoyachisi Alfonso Deyvis bilan og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hozirda voqealar rivoji uchun ikkita variant bor: Deyvis shu yozda yo “Real”ga o‘tadi, yoki “Bavariya” bilan shartnomasi tugashi bilan bir yildan so‘ng madridliklar futbolchisiga aylanadi. Ayrim ingliz klublari va “Barselona” qiziqish bildirayotgan futbolchining o‘zi ham “Real Madrid”ga o‘tishni istamoqda.

Joriy mavsumda Alfonso barcha turnirlarda 27 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. 

“Tranfsermarkt” portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 70 million yevroni tashkil etadi. Deyvis “Bavariya”dan avval Kanadaning “Vankuver Uaytkeps” klubida o‘ynagan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Bavariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing