“Real” “Atalanta” bilan o‘yindan keyin YeCHLda yana bir rekord o‘rnatdi

Sport

image

"Real Madrid" Chempionlar ligasi 1/8 finalida Italiyaning "Atalanta" jamoasiga qarshi birinchi o‘yindan so‘ng Chempionlar ligasi tarixiga kirdi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bergan. 

Ushbu uchrashuv "qaymoqranglilar" uchun 1992 yilda chempionat formati o‘zgarganidan beri Yevropaning asosiy klub turniridagi yuzinchi uchrashuv bo‘ldi. 

Madrid jamoasi o‘shandan beri Chempionlar Ligasining barcha 25 mavsumida qatnashgan. 

Shuningdek, "Real" pley-offda 50 g‘alabaga erishgan yagona klub hisoblanadi. 

Jamoaning eng yaqin ta’qibchisi esa 49 ta o‘yinda g‘alaba qozongan Myunxenning "Bavariya" klubidir. 

Ma’lumot o‘rnida, format o‘zgartirilishidan oldin musobaqa Yevropa chempionlar kubogi deb nomlangan. 

Chempionatning butun tarixini inobatga olgan holda, "Real" jamooasi 13 ta unvonga ega: ularning oltitasi asl formatida va yana yettitasi Chempionlar ligasida. Ushbu ko‘rsatkichga ko‘ra, "qaymoqranglilar" chempion hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing