“Real” Arnold transferi bo‘yicha oldinga qadam tashladi

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” klubi a’zosi Trent-Aleksandr Arnold faoliyatini Ispaniyaning “Real” jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hozirda “qirollik klubi” 25 yoshli futbolchining atrofidagilar bilan aloqa o‘rnatgan. U boshqa klub takliflarini ko‘rib chiqmayapti va “Liverpul”ning shartnomani uzaytirish borasidagi taklifiga yakuniy qarorini ham ma’lum qilmagan.

Qayd etilishicha, Madrid klubi futbolchiga o‘tgan yili mart oyidan buyon qiziqish bildirib keladi. Hozirga kelib esa futbolchi transferi borasida dastlabki qadamlar tashlandi. 

Himoyachi joriy mavsum “mersisaydliklar” safida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Liverpul” bilan shartnomasi keyingi yil yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Liverpul' Trent-Aleksandr Arnol'd

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made