“Real” argentinalik himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi
Sport
−
15 fevral 2022 3362 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi “Vilyarreal” himoyachisi Xuan Foytni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Transfer shu yozga mo‘ljallangan. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Foyt o‘tgan yilning iyul oyida "Tottenxem"dan "Vilyarreal"ga ko‘chib o‘tgan edi. Ispan klubi futbolchi uchun "shporlarga" 15 million yevro to‘lagan. Hozirda esa Foyt 20 million funtga baholanmoqda (Transfermarkt).
24 yoshli argentinalik himoyachi joriy mavsumda "Vilyarreal" bilan La Liganing 17 ta o‘yinida maydonga tushdi. Uning klubi bilan joriy shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.
Shaxboz Qahhorov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025