“Real” APL klubi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Sport

image

“Real” Angliyaning “Bornmut” va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Din Xyoysenni qo‘lga kiritish uchun kurashda favorit hisoblanadi. Bu haqda futbol jurnalisti Nikolo Skira X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, futbolchining transferiga Angliyaning “Chelsi” va “Liverpul” klublari ham qiziqish bildirmoqda. Xyoysenning “Bornmut” bilan shartnomasida 60 million yevrolik sotib olish varianti mavjud va “Yuventus” transfer summasining 10 foizini oladi.

Joriy mavsumda Xyoysen barcha turnirlarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 42 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” “Liverpul” futbolchisi Trent Aleksandr-Arnoldni qachon o‘z futbolchisi sifatida tanishtirishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Din Xyoysen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing