“Real” abonementlar sotuvi bo‘yicha peshqadam bo‘ldi
Sport
−
12 Sentabr
855Madridning “Real” va “Atletiko” jamoalari abonementlar sotuvi bo‘yicha ispan klublari orasida yetakchi bo‘ldi. Bu haqda “Diario Sport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, amaldagi chempionlar 60 707 ta abonement sotgan bo‘lsa, “matraschilar” 60 285 ta abonementni pullagan.
Bu borada 3-o‘rinda “Betis” (50 741), keyingi o‘rinlarda “Atletik” (43 649), “Sevilya” (39 500) va “Real Sosedad” (38 000) klublari bormoqda. “Barselona” 22 600 ta abonement bilan 15-o‘rinni egallab turibdi.
Qayd etish joiz, hozirda “ko‘k-anorranglilar” rekonstruksiya qilingan “Kamp Nou”da emas, balki Olimpiya stadionida o‘ynamoqda – arena 49 ming tomoshabinga mo‘ljallangan.
LiveBarchasi