“Real” a’zosi Saudiya klubiga o‘tib, 40 million yevro ishlab olishi mumkin

Sport

image

Madridning “Real” klubi himoyachisi va sardori Nacho Fernandes faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga Karim Benzema, Fabino va N'Golo Kante to‘p suradigan “Al-Ittihod” klubi qiziqish bildirmoqda.

34 yoshli futbolchiga mavsumiga 20 million yevro maosh bilan ikki yillik shartnoma taklif qilinmoqda.

Nachoning “Real” bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetadi. O‘tgan mavsumda Nacho Madrid klubining barcha turnirlarda 45 ta o‘yinida ishtirok etdi. 

Ma’lumot uchun, Nacho faoliyati davomida qirollik klubi safida 6 marta Yevropa Chempionlar ligasi, 5 marta klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, 4 marta Ispaniya chempionati va UEFA Superkubogida g‘olib bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Nacho Fernandes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made