“Real” 90 million yevroga baholanayotgan angliyalik futbolchini transfer qilmoqchi

Sport

image

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem "Real"ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar berdi. 

Manba xabariga ko‘ra “qirollik klubi" joriy mavsum yakunida 19 yoshli angliyalik futbolchining transferini rasmiylashtirishni rejalashtirgan.

Markaziy yarim himoyachi 2020 yilning yozidan buyon "Borussiya" klubida o‘ynab kelmoqda. Judning dortmundliklar bilan bilan amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Uning transfer narxi 90 million yevroni tashkil qiladi.

Bundesliganing joriy mavsumida Jud Bellingem 12 o‘yinda 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

"Real"

Baholaganlar

16

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing