“Real” 20 ta o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramayapti

Sport

image

10 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi nimchorak finali doirasidagi o‘yinda “Real” “Atletiko”dan kuchliroq bo‘lib chiqdi – 5:3. Shu tariqa, madridliklar ketma-ket 19 ta o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.

“Real” oxirgi marta 24 sentyabr kuni rasmiy o‘yinda mag‘lub bo‘lgandi. Bu Ispaniya chempionatining “Atletiko” bilan bahsida sodir bo‘ldi – 1:3. Barcha turnirlardagi keyingi 20 uchrashuvda “qaymoqranglilar” g‘alaba qozondi. 

“Real Madrid” navbatdagi o‘yinini 14 yanvar, yakshanba kuni o‘tkazadi. Anchelotti shogirdlari Saudiya Arabistonida Ispaniya Superkubogining finalida ishtirok etadi. O‘sha “qirollik klubi” “Barselona” - “Osasuna” juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Atletiko Ispaniya Superkubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing