“Real” 15 karra YeCHL g‘olibiga aylandi
Sport
−
02 iyun
67172 iyunga o‘tar kechasi Angliya poytaxti London shahridagi “Uembli” stadionida futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining (YeCHL) final bahsi bo‘lib o‘tdi. Hal qiluvchi o‘yinda Madridning “Real” klubi Dortmundning "Borussiya"si bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda gollarni 74-daqiqada Dani Karvaxal va 83-daqiqada Vinisius Junior kiritdi.
Shunday qilib, madridliklar o‘z tarixida 15-marotaba YeCHL bosh sovriniga ega chiqdi. Bu borada “Real” eng yaqin ta’qibchisi Italiyaning “Milan” klubini 8 ta sovringa ortda qoldirmoqda. “Qizil-qoralar” hisobida 7 ta YeCHL sovrini bor.
Shuningdek, “Real” a’zolari Dani Karvaxal, Toni Kroos, Nacho Fernandes va Luka Modrich 6 marta YeCHLda g‘olib bo‘lib, bu borada yaqqol rekordchiga aylandi.