Razambek Jamalov ham Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi

Sport

−

image

Parij shahrida davom etayotgan 2024 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarining erkin kurash bahslari finalida asli dog‘istonlik, O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Razambek Jamalov -74 kg vazn toifasida yaponiyalik Daichi Takataniga qarshi kurashdi. Jamalov Yaponiya vakilini mag‘lub qildi va Olimpiada chempioniga aylandi.

Jamalov yarim finalda Tojikiston vakili Viktor Rassadinni 8:2 hisobida yengib, finalga yo‘l olgandi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining turnirdagi medallari soni 10 taga yetdi - 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing