Xonanda Ravshan Namozov vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
24 Sentabr 2022
57160O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda va bastakor Ravshan Namozov uzoq vaqt davom etgan kasallikdan so‘ng 61 yoshida vafot etdi.
Ravshan Namozov 1961 yilning 10 iyulida Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tug‘ilgan. Termiz musiqa bilim yurtini tamomlab, otasi — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurahmon Namozov va Shokir Mahmudovdan saboq olgan.
U faoliyatini 1989 yili tashkil etilgan “Qars” guruhida boshlagan. U 1985 yil Germaniya o‘tkazilgan “Yoshlar festivalida” va 1989 yili Olmaota shahrida tashkil etilgan “Osiyo ovozi” ko‘rik tanlovida Grand-Prini qo‘lga kiritgan. 1991 yildan buyon yakkaxon ijod qilayotgan xonanda 1993 yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.
Xonanda zamonaviy surxon qo‘shiqlari bilan tinglovchilarga yaxshi tanish. Uning “Chipradalli”, “Kovushim”, “Yor-yor yoron-ey”, “Biyo-biyo”, “Xayol” kabi qo‘shiqlari san’at shinavandalarining ko‘nglidan joy olgan.
QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
LiveBarchasi