Ravshan Haydarov O‘zbekiston-Suriya o‘yinidan so‘ng nimalar dedi?

Sport

image

Futbol bo‘yicha U-20 Osiyo chempionatining dastlabki turidan o‘rin olgan O‘zbekiston-Suriya o‘yini yakunlandi. Bahs 2:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘yin qiyin kechishini bilardik va bunga tayyor edik. Suriya ham yaxshi jamoa. Ular zich o‘yin ko‘rsatdi. Natija adolatli bo‘ldi deb o‘ylayman. Yakuniy vaziyatlarni golga aylantirish borasida ish olib borishimiz zarur. Hujumlarni yakunlashda qiynaldik. Bunga sabab ortiqcha ishtiyoq deb o‘ylayman. Standartlardan gol urganimiz xursand qildi.  Yigitlar bosimni his qildi. Bu yoshda tabiiy hol. O‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Iroqqa qarshi keyingi bahsga tayyorgarlik hozirdan boshlanadi. Bu g‘alaba bilan hali hech narsa hal bo‘lgani yo‘q”, deydi Haydarov.

Hozirgi vaqtda “A” guruhida O‘zbekiston va Iroq terma jamolari 3 ochko to‘plagan holda yetakchi bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Iroq o‘yini 4 mart kuni poytaxtdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tkaziladi. Bahs 19:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Ravshan Haydarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing