Rasul Kusherboyev prezidentlikka nomzodini qo‘yadimi? Deputat javob berdi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev prezidentlikka nomzodini qo‘yishi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda u o‘zining Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.

“Menda bunaqa niyat yo‘q. Buni besh yoki oltinchi marta aytyapman. Birinchidan, bunga xohish yo‘q. Ikkinchidan, yoshim yetmaydi. Uchinchidan, buning uchun insonda uzoq yillik mehnat tajribasi, salohiyat va bilim bo‘lishi kerak. 

Buguni kunda men haqimda yurtdoshlarimizda ijobiy fikr paydo bo‘lgan bo‘lsa, men bularni amaldagi davlat rahbarining olib borayotgan siyosati, deputatlarga qaratayotgan e’tibori va ochiqlik uchun yaratib bergan sharoitining natijasi, deb bilaman. Bugungi kunda Prezidentimizni bu yo‘lda to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. 

Shuning uchun ko‘pchilikka eslatma sifatida aytmoqchi edimki, menda bunday xohish va fikrlar yo‘q. Men O‘zbekistonning farovonligi va rivoji yo‘lida Prezident tomonidan qnday islohotlar olib borilayotgan bo‘lsa, mana shu islohotlarning faol ijrochisi, uning natijasi yo‘lida o‘zimning mehnatimni sarflayman, degan maqsad bilan yashayapman va shu yo‘lda harakat qilyapman”, deydi Kusherboyev.

Shuningdek, deputat uning prezidentlikka nomzodini qo‘yish-qo‘ymaslik masalasini boshqa ko‘tarmaslikni so‘ragan. Kusherboyevga ko‘ra, “qayerda va qanday vazifada bo‘lmasin, yurtdoshlarga yaxshilik qilish va mamlakat rivojiga hissa qo‘shishga bo‘lgan ishtiyoq so‘nmasa bo‘ldi”.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing