Rasul Kusherbayev O‘zLiDeP a’zoligidan chiqdi

Jamiyat

image

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi a’zolari safidan chiqdi. Bu haqda uning o‘zi Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, sobiq deputat bu haqida anchadan buyon o‘ylab yurgan. 

“Partiyadan chiqishim uning a’zolari safidagi, ishidagi qadrdon aka-uka, opa-singillarimiz bilan bo‘lgan munosabatlarga ta’sir qilmaydi, deb o‘ylayman. Partiyaning menga bergan imkoniyatlari, o‘rgatganlari uchun bir umr minnatdorman”, deydi Rasul Kusherbayev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida Rasul Kusherbayev parlamentda uning fikri eshitilmagani uchun deputatlikdan ketishini e’lon qilgandi. U bu alfozda faoliyatini davom ettirolmasligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rasul Kusherbaev O'zLiDeP

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing