Rasul Kusherboyev lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
01 fevral 2023
80399Sobiq deputat Rasul Kusherboyev tabiat resurslari vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Ushbu ma’lumotni uning o‘zi QALAMPIR.UZ’ga tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, Tabiat resurslari vazirligi 2022 yilning dekabr oyi so‘nggida Ekologiya qo‘mitasi negizida qayta tashkil etilgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev sobiq Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduqahhorovich Abduhakimovni O‘zbekiston Respublikasi tabiat resurslari vaziri lavozimiga tayinlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rasul Kusherboyev parlamentda uning fikri eshitilmagani uchun deputatlikdan ketishga qaror qilgandi.
Keyinroq uning Toshkent shahriga hokim bo‘lishi haqida mish-mishlar tarqagandi ham. Biroq uning o‘zi munosabat bildirib, noqonuniy topshiriqlar berib, noqonuniy ishlar bajariladigan joyda ishlashni istamasligini, agar hokimiyatlarda faqat qonuniy, vijdonli va to‘g‘ri ma’noda bir guruh shaxslarning emas, odamlarning, xalqning manfaati yo‘lida ishlashga imkon beradigan sharoit bo‘lsagina hokim bo‘lishga rozilik berishini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi