Rassomchilikning “yangi turi”: Toshkentda devorlarga chizib yurgan narkograffist qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Toshkent shahridagi devorlarga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning targ‘ibotiga xizmat qiluvchi so‘zlarni yozib yurgan narkograffist ushlandi. Bu haqda shahar Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Yunusobod tumanidagi “Hasanboy” mahallasi Tiklanish ko‘chasida joylashgan binoning devoriga giyohvandlik vositalarini sotuvchi do‘konlarni targ‘ib qiluvchi “narkograffiti”larni chizayotgan noma’lum shaxs ushlangan.

Aniqlanishicha, narkograffist 25 yoshli A.R. bo‘lib, undan xolislar ishtirokida trafaret va bo‘yoq qutisi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

narkograffist

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar