Rasmlari tarqalgan kelinning o‘zini osishi bo‘yicha ish qayta ko‘rib chiqiladi – BP
3-sahifa
−
08 aprel 2023
20806Samarqand viloyati Urgut tumanida 19 yoshli qizning o‘zini osgani bo‘yicha ish qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, dastlab bu holat bo‘yicha Urgut tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra biron bir kishining harakatida jinoyat tarkibi va jinoiy hodisa aniqlanmagani bois 2023 yil 1 aprel kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Mazkur qaror Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganilib, bekor qilindi. Shuningdek, holat yuzasidan qo‘shimcha tekshirish harakatlarini har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazish haqida ko‘rsatma berilgan.
“Qo‘shimcha tekshirish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qonuniy qaror haqida keng jamoatchilikka e’lon qilinadi”, deyiladi prokuratura xabarida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 mart kuni Samarqand viloyatida 2004 yilda tug‘ilgan ayol noma’lum sabablarga ko‘ra o‘zini osib qo‘ygan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, marhumaning turmush o‘rtog‘ining Telegram messenjerida uyatsiz nom bilan tashkil etilgan kanalga ayolning fotosuratini joylashtirgan. Mazkur fotosurat ko‘zdan kechirilganda undagi qizlarning kiyim-kechagi mavjud bo‘lib, obro‘sizlantirish, kamsitish yoki axloq-odob normalariga zid keluvchi belgilar bo‘lmagani aniqlangan. Shu sababli mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish bekor qilingan edi.
LiveBarchasi