Rasmiy Toshkent Mirziyoyevning Turkiyaga borishini tasdiqladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 16 mart kuni Turkiya poytaxti Anqarada bo‘lib o‘tadigan Turkiy Davlatlar Tashkilotining navbatdan tashqari sammitida ishtirok etishini tasdiqladi. Shu maqsadda Prezident ertaga, 15 mart kuni Turkiyaga jo‘nab ketadi. Avvalroq QALAMPIR.UZ o‘z manbalariga tayanib bu haqida xabar bergan edi. 

“Ertaga, 16 mart kuni Anqarada Turkiy davlatlar tashkiloti rahbarlarining “Ofat hamda favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami” mavzusida navbatdan tashqari sammiti bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Respublmazkur sammitda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Sammit yaqinda Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila tufayli yuzaga kelgan favqulodda holatni muhokama qilish uchun yuqori darajali platforma vazifasini o‘taydi. Unda TDT doirasida tabiiy ofatlarni va favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashadilar”, deyiladi xabarda.

Sammit doirasida, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashkilotga a’zo davlatlar Prezidentlari 15 mart oqshomida norasmiy kechki ovqat dasturxoni atrofida to‘planadi. 
Sammitda O‘zbekiston nomidan katta delegatsiya ham ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov ham bor. 
Prezident qarorgohida Turkiya Prezidenti janob Rajab Toyib Erdo‘g‘an mezbonligida bo‘lib o‘tadigan sammitda TDTga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning davlat/hukumat rahbarlari hamda TDT Bosh kotibi qatnashadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing