Rasmiy Toshkent Afg‘onistondagi portlashni qoraladi

Olam

image

Rasmiy Toshkent Afg‘onistonning Samangan provinsiyasi Aybak shahrida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaydi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilgan. 

“30 noyabr kuni Afg‘onistonning Samangan provinsiyasi Aybak shahrida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaymiz. “Jihodiya” madrasasida amalga oshirilgan qabih harakat ko‘plab insonlarning, asosan yosh talabalarning qurbon bo‘lishiga olib keldi”, deyiladi bayonot avvalida. 

Alohida qayd etilishicha, bunday zo‘ravonlik harakatlari keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘lib, Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishga, shuningdek, milliy kelishuvga erishishga to‘sqinlik qiladi. 

“Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiramiz,  jarohatlanganlarning tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz”, deyiladi TIV bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonning Samangan viloyatidagi madrasada kuchli portlash sodir bo‘ldi. Portlash oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan va 23 kishi jarohatlangan. Jabrlanganlar Samangan viloyatidagi shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing