Rasmiy Baku “yotgan ilonning boshini qo‘zg‘ayotgan” Blinkenga javob qildi

Olam

image

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning Filipp Rikerning mintaqadagi mojarodan keyingi voqeliklardan uzoqda bo‘lgan Kavkazdagi muzokaralar bo‘yicha bosh maslahatchi etib tayinlanishi munosabati bilan matbuotga bergan bayonotini ko‘rib chiqdi. 

“AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning Filipp Rikerning Kavkazda muzokaralar bo‘yicha bosh maslahatchi etib tayinlanishi munosabati bilan matbuotga mintaqadagi mojarodan keyingi voqelikdan yiroq yondashuvni namoyish etishi hayratlanarli”, deydi Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Leyla Abdullayeva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, deyarli ishlamayotgan Minsk guruhini jonlantirishga urinishlar AQSHning Ozarbayjon va Armaniston munosabatlarini normallashtirish jarayonidan uzoqlashishiga olib kelishi mumkin. 

Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Baku Minsk guruhi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bir necha bor yuqori darajada bildirganini eslatdi. 

“Qorabog‘ mojarosi hal qilindi, Qorabog‘ Ozarbayjonning ajralmas qismi hisoblanadi. Xalqaro hamjamiyat, jumladan, hamkorlarimiz tushunishi kerakki, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralarni Qorabog‘ muammosi bilan bog‘lash hech qanday holatda normallashuvga xizmat qilmaydi”, deydi Abdullayeva.  

Filipp Riker Kavkaz bo‘yicha muzokaralarda AQSH vakili etib tayinlandi.  U nafaqat Minsk guruhi hamraisi, balki AQSH vakili sifatida “Jeneva xalqaro muzokaralari” formatida ham ishlaydi. Boshqacha aytganda, u Janubiy Kavkazdagi barcha mojarolarda AQSHning barcha diplomatik ishlarini muvofiqlashtiradi. 

“Men elchi Filipp Rikerni Kavkazdagi muzokaralar bo‘yicha katta maslahatchi va Minsk guruhi hamraisi etib tayinladim. Elchi Rikerning tayinlanishi Janubiy Kavkazdagi mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etishga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaydi”, degan Blinken.

Minsk guruhi

SSSR qulashi bilan mustaqillikni qo‘lga kiritgan Armaniston va Ozarbayjon 1992 yil 30 yanvarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha kengash (1995 yil 1 yanvardan boshlab – Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti yoki YeXHT) ishiga qo‘shildi. Bu esa ushbu xalqaro tashkilotning Qorabog‘dagi mojaroni hal qilishning tinch yo‘llarini izlash bilan shug‘ullanishiga imkoniyat yaratdi.

1992 yil 30-31 yanvar kunlari YeXHT tashqi ishlar vazirlari kengashi Parij yig‘ilishida o‘z ma’ruzachilarini Qorabog‘ mojaro zonasiga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu missiya tugaganidan so‘ng, 28 fevral kuni YeXH navbatdan tashqari yig‘ilishda mojaro ishtirokchilaridan zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni va barcha ishtirokchilardan ziddiyatli tomonlarga qurol etkazib berishga taqiq qo‘yilishini talab qilib, profilaktika markaziga ko‘rsatma berdi.

1992 yil 24 martda YeXH kengashining favqulodda yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi (tashqi ishlar vazirlaridan iborat), unda Qorabog‘ni tartibga solish jarayonida YeXH harakatlarini faollashtirish zarurligi ta’kidlandi. YeXH kengashining amaldagi raisi – Chexoslovakiya Tashqi ishlar vaziri Jiri Diyenstbiruga samarali sulh tuzish va tinchlik shartnomasini ishlab chiqish formatini shakllantirish uchun mintaqaga tashrif buyurish topshirildi. Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha konferensiyani iloji boricha tezroq chaqirishga qaror qilindi.

Kengash qarori bilan uning ishida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Germaniya, Italiya, Rossiya, AQSH, Turkiya, Fransiya, Chexiya va Slovakiya Federativ Respublikasi hamda Shvetsiya vakillari ishtirok etishlari, shuningdek, manfaatdor tomonlar sifatida Tog‘li Qorabog‘ning saylangan vakillari qatnashishi belgilab qo‘yildi. Konferensiyani 1992 yil 21 iyunda Minskda chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, MDH tashkil topganidan so‘ng Minsk uning norasmiy poytaxti deb e’lon qilindi.

Biroq, bir qator holatlar (Xalq fronti tarafdorlari tomonidan Ozarbayjonda vaziyatning beqarorlashishi, Shushaning Tog‘li Qorabog‘ qurolli kuchlari nazorati ostiga olinishi, shuningdek, Ozarbayjon armiyasining 1992 yil iyun-iyul oylarida urushda g‘alaba qozonish umidini kuchaytirgan muvaffaqiyatli hujumi) kengashning buzilishiga olib keldi.  Tinchlik o‘rnatish maqsadida vaqtinchalik anjumanlar boshlandi. Minsk guruhining birinchi yig‘ilishi 1992 yil 1 iyunda Rimda bo‘lib o‘tdi. U yerda mavjud bo‘lgan tafovutlarni bartaraf etishga va kelajakdagi dunyo uchun kerakli shartlarni belgilashga harakat qilindi. 1992 yil yozida Rimda shunga o‘xshash beshta uchrashuv tashkil etildi . Ammo bu uchrashuvlarda aytarli natijalarga erishilmadi.

Minsk guruhi o‘tgan 30 yil davomida Qorabog‘ masalasini hal qilolmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qorabog' Minsk guruhi Entoni Blinken

Baholaganlar

82

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing