Rasmiy Baku Ozarbayjonga jiddiy ayblov qo‘ygan Makronga javob qaytardi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Ozarbayjon Qorabog‘da “dahshatli urush boshlagani” haqidagi bayonoti noto‘g‘ri. Bu haqda, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.

Vazirlikning Ta’kidlashicha, Fransiya rahbarining rasmiy Bakuga qarshi qo‘ygan ayblovlari uning xolisligini shubha ostiga qo‘yadi va jiddiy savollar tug‘dirmoqda. Ozarbayjonning mintaqada tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash, Armaniston bilan xalqaro huquq tamoyillarini hurmat qilish asosidagi munosabatlarni normallashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlari fonida Fransiyaning bir tomonlama pozitsiyasi va asossiz ayblovlari bizni ushbu mamlakatning vositachilik harakatlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi.

“Bundan tashqari, Makronning Ozarbayjonga qarshi qaratilgan, ko‘proq ichki auditoriyaga mo‘ljallangan hamda Armanistonni bir tomonlama va ochiqchasiga himoya qiladigan fikrlarini qabul qilib bo‘lmaydi. Biz Fransiya davlati rahbarining Ozarbayjonga qarshi asossiz ayblovlarini rad etamiz”, deyiladi bayonotda.

Avvalroq, Makron "France 2" telekanalida Ozarbayjonni Qorabog‘da "dahshatli urush boshlash" va shu yilning sentyabr oyida Armaniston bilan "chegara bo‘ylab bir nechta hujumlar uyushtirish"da ayblagan edi. Shuningdek, u Moskva ushbu mojarodan Janubiy Kavkazni beqarorlashtirish uchun foydalanayotganini ta’kidlagan.

Temur Jumayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

239

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing