Rasman: JSST koronavirusga qarshi beshinchi vaksinani tasdiqladi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun tavsiya etilgan koronavirus vaksinalari ro‘yxatiga Moderna'ni ham kiritdi. 

JSST tomonidan kecha, 30 aprel kuni e’lon qilingan bayonotda Moderna foydalanish uchun tasdiqlangan beshinchi vaksina ekanligi aytilgan. 

Bungacha JSST tomonidan tasdiqlangan vaksinalar ro‘yxatiga Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyasi tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan Comirnaty vaksinasi, Amerikaning Johnson & Johnson kompaniyasi vaksinasi, shuningdek, AstraZeneca va Oksford universiteti vaksinasining ikkita varianti kiritilgandi. 

mRNKga asoslangan Moderna vaksinasi 18 yoshdan kattalarga tavsiya etilgan. 

JSSTga ko‘ra, vaksinaning samaradorligi 94,1 foizni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

196

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing