Rasman! Jezus “Arsenal” futbolchisi

Sport

image

Bugun, 28 iyun kuni Angliyaning “Manchester Siti” klubi hujumchisi Gabriel Jezus Londonning "Arsenal" jamoasiga ko‘chish oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu haqda jurnalist, insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik hujumchi allaqachon Londonga yetib borgan va tez orada “kanonirlar” 25 yoshli hujumchining transferini rasman e’lon qiladi.

Qayd etish joizki, Gabriel Jezusning transfer narxi 52 million yevroni tashkil qiladi. Braziliya terma jamoasi hujumchisi London klubi bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma tuzadi.

Ma’lumot uchun, Gabriel Jezus “Manchester Siti” safida barcha musobaqalarda 236 ta o‘yinda maydonga tushib, 95 ta gol urdi va 46 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 25 yoshli braziliyalik hujumchi Manchester klubi tarixida faqat Rahim Sterling (131 gol) va Serxio Aguyerodan (260 gol) ortda qolgan holda, to‘purarlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing