Rasman: O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra kvotasi oshirildi
Jamiyat
−
29 Sentabr 2022
14550O‘zbekistonliklar uchun Haj kvotasi 24 ming nafargacha, umra kvotasi esa 100 ming nafargacha oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Gap shundaki, bugun, 29 sentyabr kunt O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va Umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan.
Uchrashuvda musulmon olamining muqaddas ziyoratgohlariga safarlarni tashkil etish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan fuqarolarimizning Saudiya Arabistonida bo‘lishi bilan bog‘liq yanada qulay va shinam sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilingan.
Muloqot avvalida Haj va umra ishlari vaziri davlatimiz rahbariga Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd, mamlakat Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saudning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
Saudiya delegatsiyasining ushbu tashrifi joriy yil avgust oyida Saudiya Arabistoniga amalga oshirilgan tarixiy ahamiyatdagi davlat tashrifi davomida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning davomi ekani alohida ta’kidlangan.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston fuqarolari uchun yillik haj kvotasini ikki barobar – 24 ming nafargacha, umra kvotasini esa 100 ming nafargacha oshirish yuzasidan kelishuvga erishilgan.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, raqamlashtirish sohasida ilg‘or tajribani joriy qilish, saudiyalik turistlarning yurtimizda bo‘lishi uchun vizasiz tartib joriy qilinganini hisobga olgan holda ularning O‘zbekistonga safarlarini ko‘paytirish, ikki mamlakat yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasida sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
LiveBarchasi