Rasman: O‘zbekistonda benzin va dizel narxi keskin oshadi
Jamiyat
−
30 iyul 2019
13691O‘bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Energoresurslar narxlarini oshirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bugun, 30 iyul kuni 633-son bilan qabul qilingan. Unga ko‘ra, joriy yilning 15 avgustidan boshlab O‘zbekistonda yog‘ilg‘i narxlari quyidagicha oshishi kuzatiladi:
A-80 — 4500 so‘m;
A-91 — 5400 so‘m;
Dizel yoqilg‘isi — 5700 so‘m;
Shuningdek, aholining alohida qatlamlari uchun har oyda 75 ming so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lanishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, so‘nggi bor benzin narxi 2018 yil oktyabrda oshgandi. O‘shanda benzin quyidagi narxlarda sotila boshlagandi:
A-80 — 4000 so‘m;
A-91 — 4500 so‘m;
LiveBarchasi