Rasman! O‘zbekiston 2026 yilgi shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi

Sport

−

image

O‘zbekiston 2026 yilda o‘tkaziladigan Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev xabar berdi.

Ayni kunlarda Hindistonning Chennai shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun, 8 avgust kuni Chennaida FIDE’ning navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda 2026 yilgi Olimpiada mezbonligi uchun O‘zbekiston nomzodi delegatlar tomonidan ma’qullandi.

Ma’lumot uchun, 2022 yilgi Olimpiada 10-turi oldidan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi peshqadam bo‘lib turibdi. 8 avgust kuni o‘zbekistonlik shaxmatchilar Hindiston-2 jamoasiga qarshi dona suradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

97

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing