Rasman: Suriyadagi o‘zbekistonliklarni olib kelish davom ettiriladi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning may oyi oxirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maxsus topshirig‘iga binoan Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidagi 156 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi. Shu kunlarda ko‘pchilikni bir savol qiynayapti: Suriyadagi qurolli mojarolar girdobida yana qancha o‘zbekistonlik yashamoqda? Ular ham Vatanga qaytariladimi?

Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan O‘zbekiston fuqarolarini O‘zbekistonga qaytarish borasidagi ishlar davom ettirililadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov bugun, 11 iyun kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozmoqda O‘zA. 

Tadbirda xorijiy davlatlarga kutilayotgan tashriflar, "Diplomatik xizmat to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqilayotgani yuzasidan ham ma’lumot berilgan.

Anjumanda yanvar-may oylari davomida 8 ta oliy darajadagi tashriflar amalga oshirilgani ta’kidlangan. Xususan, Prezident  Shavkat Mirziyoyev to‘rtta mamlakatga tashrif buyurgan, shuncha xorijiy davlat rahbarlari O‘zbekistonga kelgan.  

Mirziyoyevning yanvar oyida Hindiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikalariga, mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga, aprel oyida Xitoy Xalq Respublikasiga tashriflari chog‘ida ushbu mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish masalalari muhokama qilingan, turli sohalarga doir o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishilgan. Matbuot anjumanida ushbu kelishuvlar ijrosining borishi haqida ham ma’lumot berildi.

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matovning ta’kidlashicha, vazirlik birinchi navbatda O‘zbekistonga chet el sarmoyalarini jalb etish, mamlakat mahsulotlari eksportini oshirish va kelayotgan sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu bilan birga, Vazirlik tomonidan umumiy qiymati 5,25 milliard dollar bo‘lgan 244 ta investitsion loyiha ishlab chiqilgan. 1,7 milliard dollarlik 163 ta loyiha joriy yilda, qolganlari 2020-2021 yillarda amalga oshirilishi belgilangan. So‘nggi 5 oy davomida mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti 30,6 foiz o‘sdi. Xorijiy sayyohlar kelishi o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 42 foiz oshgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Ilhom Ne'matov Yaqin Sharq

Baholaganlar

32

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing