Rasman Sulsher MYU bilan shartnoma tuzdi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi rasman mutaxassis Ole-Gunnar Sulsher bilan to‘laqonli shartnoma imzoladi. Bu haqda Football.ua nashri xabar tarqatdi.

Klubning rasmiy saytida norvegiyalik murabbiy “qizil iblislar” bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun Sulsher o‘tgan yilning dekabr oyida Joze Mourino o‘rniga “Manchester Yunayted”ning vaqtincha boshqaruvchi murabbiyi sifatida taklif etilgan edi.

Manchester klubi Sulsher qo‘l ostida 19ta o‘yin o‘tkazib, ularning 14ta g‘alabaga erishgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Ole-Gunnar Sul'sher

Baholaganlar

15

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing