Rasman! Server Jeparov “Lokomotiv” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Sport

image

Sobiq futbolchi Server Jeparov Toshkentning “Lokomotiv” klubiga bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda “temiryo‘lchilar” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etish joizki, Server Jeparov bungacha “Lokomativ”da sport direktori vazifasini bajarib kelayotgandi. Endilikda u murabbiylik "post"ini egalladi. Serverga murabbiylar shtabida Mirko Yelichich yaqindan yordam beradi.

Ma’lumot uchun Server futbolchilik faoliyati davomida O‘zbekistonning “Navbahor”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Metallurg”, Janubiy Koreyaning “Seul”, “Seongnam”, “Ulsan”, Saudiya Arabistonining “Ash-Shabab”, Eron chempionatining “Istiqlol”, “Sepaxon” va Qozog‘istonning “Jetisu” klublarida to‘p surgan. Shuningdek yarim himoyachi Osiyoning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan sovrinni 2 marotaba qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz Server Jeparov 2019 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Server Jeparov

Baholaganlar

64

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing