Rasman: Sergeli hokimi vazir bo‘ldi
Jamiyat
−
12 Sentabr 2019
7564Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bo‘lish uchun ko‘rsatilgan Nozim Husanov nomzodin ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edik.
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Sergeli tumani hokimi Nozim Baxtiyorovich Husanov nomzodini Oliy Majlis Qonunchiligi deputatlar va Senat ma’qulladi. Shundan so‘ng Nozim Husanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlandi.
Nozim Husanov uzoq yillar davomida malakali iqtisodchi sifatida bank sohasida samarali faoliyat yuritdi. Qator tijorat banklari va Markaziy bankda rahbarlik lavozimlarida ishladi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda birinchi o‘rinbosari sifatida poytaxtimiz iqtisodiyoti o‘sishi va turli sohalar rivojiga munosib hissa qo‘shgan.
LiveBarchasi