Rasman! Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasida lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
14 noyabr 2022
21865Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoyishi bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva Prezident Administrasiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikasiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu sho‘ba yangidan tuzilgan bo‘lib, Prezident Administrasiyasi rahbarining jamoatchilik fikrini o‘rganish va axborot siyosati uchun mas’ul o‘rinbosari tizimi tarkibiga kiradi.
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva ijtimoiy soha, madaniyat va ta’lim sohalaridagi islohotlar ijrosining borishini ham nazorat qiladi.
Mirziyoyeva Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistri bo‘lgan. Iqtisod fanlari nomzodi Saida Mirziyoyeva ko‘p yillar davomida turli sohalarda, shuningdek, 2019-2020 yillarda Prezident Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktorining o‘rinbosari, 2020 yildan bugungi tayinlovga qadar Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
LiveBarchasi