Rasman: Ro‘ziboyev Oliveyraga qarshi jang qiladi 

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning ukasi Mashrabjon Ro‘ziboyev navbatdagi jangini kimga qarshi o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda tashkilotchi promoushen Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yengil vazn toifasida jang olib boruvchi o‘zbekistonlik MMA'chi navbatdagi jangini Open FC va ATF promoushenlari tomonidan tashkil qilinayotgan qo‘shma turniri doirasida o‘tkazadi. Mazkur musobaqa 16 iyul kuni Buxoroda bo‘lib o‘tadi. O‘sha kuni unga braziliyalik Neris de Oliveyra raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Mashrabjon Ro‘ziboyev prof MMA’da 22 ta jang o‘tkazib, 17 tasida g‘alaba qozongan va 4 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Shuningdek, sportchining bitta jangida durang natija qayd etilgan. Braziliyalik raqibi Neris de Oliveyra esa jami 31 ta jangda ishtirok etib, 20 marta qo‘li baland ko‘tarilgan hamda 11 ta jangida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing