Rasman: “Real” prezidenti o‘z lavozimiga qayta saylandi
Sport
−
13 Aprel 2021 6048 1 daqiqa
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres yangi muddatga qayta saylandi. Bu haqda "AS" xabar bergan.
Manbaga ko‘ra, u ushbu lavozimga ariza topshirgan yagona nomzod bo‘lgan, shuning uchun ovoz berish jarayonini o‘tkazish shart bo‘lmagan.
Endi Peres 2025 yilgacha poytaxt jamoasini boshqaradi.
Ma’lumot o‘rnida, Peres 2000 yilda "Qirollik klubi"ni qabul qilib olgan, ammo 2006 yilda "Real"ning muvaffaqiyatsizliklaridan so‘ng u bu lavozimni tark etgan. 2009 yilda u yana lavozimiga qaytgan.
73 yoshli Peres joriy yilning fevral oyida koronavirusni boshdan o‘tkazgandi.
Live
Barchasi
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to‘qnashdi
26 Oktyabr
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
26 Oktyabr