Rasman: Ramazon Temirovning jangi tasdiqlandi
Sport
−
03 yanvar
6264Super yengil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik jangchi Ramazon Temirovning UFC'da navbatdagi jangini Charlz Jonsonga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 1 mart kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC Vegas 103 turnirida super yengil vazn toifasi vakillari Ramazon Temirov hamda Charlz Jonson oktagonga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Jonson shu vaqtga qadar MMA'da 25 ta jang o‘tkazib, 17 ta g‘alaba va 8 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Oxirgi jangini 19 oktyabr kuni UFC Fight Night 245 turniri doirasida xitoylik Su Mudayerjiga qarshi o‘tkazib, hakamlarning bir ovozdan chiqargan qaroriga ko‘ra, zafar quchgan. 27 yoshli Temirov esa MMA'da 10-9-1 rekordiga ega. U oxirgi jangini 12 oktyabr kuni UFC Fight Night 244 doirasida amerikalik Sijey Vergaraga qarshi o‘tkazib, muddatidan avval g‘alaba qozongandi.
LiveBarchasi